← Барча мақолалар
Bu dunyonng azobidan qochish mumkin,
Balig' bo'lib qarmog'idan qochish mumkin
Yo'llar topib har yog'idan qochish mumkin,
Ammo ajal kelganida qocholmaysan!
Bir kun ajal kelganida qocholaysan!
Kibr qilma, kibr asli shaytondandir,
Shukur qilgin shukur mag'zi iymondandir.
Maqtanishlar tovlanishlar vaqtinchadir,
Bir kun kafan kiyganingda yecholmaysan!
Bir kun ajal kelganida qocholmaysan!
Dasturhoning ne’mat bilan to’lgan bilan,
Piyolada sharbatu bol bo’lgan bilan.
Qo’lda ushlab labga bosib turgan bilan,
Rizq bo’lmasa bir tomchi ham icholmaysan.
Bir kun ajal kelganida qocholmaysan!
Menga tayyorlanib kelgin deydi qabr,
Gunohkorman mayishtirib yeydi qabr.
Bag’rim to’la ilon chayon deydi qabr,
Kirgandan so’ng undan qaytib chiqolmaysan.
Bir kun ajal kelganida qocholmaysan!