Marketing va reklama qoidasi:

Ma’lum bir brend istemolchilar ongidan joy egallshi uchun brendni 1 ta istiqbolli mijozga kamida 10 martta ko’rsatilishini ta’minlanishi zarur!
ℹ️2000 yilda Mayk Tayson va Yuliy Frensis o'rtasidagi boks uchrashuvi:
🥊Taysonning g‘alabasiga hamma shu qadar ishonch hosil qilganki, Angliyaning “The Mirror” gazetasi Frensisning oyoq kiyimi tagidagi reklamani 40 ming dollarga sotib olgan. Uni faqat raqib yiqilgan paytida ko'rish mumkin edi.
💯Mayk Tayson 2 raundda 5 ta nokdaunni amalga oshirdi va g'alaba qozondi.
🪞Natijada “The Mirror” - gazetasining brendi millionlab muhlislar ko’z o’ngida Frensisning birato’la 2 oyoq kiyimi tagida 5 marta nokdaun holatida to’g’ridan to’g’ri efirga uzatildi.
📺Shunda bitta efirda jami 10 marta “The Mirror” istiqboldagi muhlislarga ko’rsatilishiga erishildi!