Yashashni keyinga surish sindromi

Sindromning mohiyati shundaki, inson kelajak haqidagi quruq orzular bilan yashaydi. Hozirgi vaqtda u shunchaki mavjud bo'lib, ma'lum bir lahzadan keyin ajoyib hayot sodir bo'lishini – Х nuqtani kutib yashaydi.
“Yangi joyga ko‘chaman, keyin yashayman!”, “Munosib juft topaman, uchrashaman, undan keyin baxtli bo‘laman”, “To’y o’tvosin, keyin sog’liqga qarayman” – Bularning barchasi kechiktirilgan hayot sindromidir.
Doim ma'lum bir voqeadan keyin baxtning boshlanishi haqida insonda xayoliy fikr mavjud.
Inson yashashni boshlash uchun hayotidagi burilish nuqtasini qattiq kutib yashaydi. Shunday qilib, u allaqachon mavjud bo'lgan hamma narsani qadrsizlantiradi. Shu sababli, odam doimo norozilik, hissiy ochlik, doimo o'zidan va dunyodan qoniqmaslikni his etadib yashaydi.
Muammo shundaki, inson o’ziga hozir yashashga imkon bermaydi.
Jarayondan rohatlaning, kichik narsalardan zavqlaning!
Hozir yashang, bugun, shu zahoti!!!