Haqiqiy Liderning 6 ta siri
1. Suhbatlarda ikkiyuzlamachilikdan saqlaning!
Kamdan kam odam o'zi ishonmaydigan odamga qalbini ochadi. Insonlar liderga ishonch bildirsa, ular o'zlarini ish uchun to'liq va butunlay topshirishadi, bundan tashqari, ular tavakkal qilishga tetikroq bo’ladilar. Ishonch to'g'ri harakatlar, fikrlar va qarorlar orqali erishiladi. Shuni unutmangki, ishonch bor joyda odamlar kechirimlik bo’ladilar.
2. Odamlarga yaqinlashing
Amerikalik psixolog Jill Shpigel shunday degan edi: "Odamlar siz ularga qanchalik qayg'urishingizni bilmaguncha, siz qanchalik bilimga ega bo’lishingiz ularga ahamiyati yo'q". Odamlar bilan yaqin bo’ling. Agar siz boshqalar bilan munosabatlarni rivojlantirmasangiz, ularning xayolida nima borligini hech qachon bila olmaysiz.
3. Aniq bo'ling
11 holatdan 10 tasida aniqlik noaniqlikdan yaxshiroqdir.
Oddiylik har doim murakkablikdan yaxshiroqdir. Vaqt hech qachon bugungidek qimmatli bo'lmagan. Sizning vazifangiz barcha keraksiz narsalarni olib tashlash va faqat muhim narsalarni so'z bilan qoldirishdir.
4. Shaxsiy emas, balki umumiy manfaatlarga e'tibor qarating.
Suhbat davomida muloqot ustalari nafaqat ma'lumot oladi, balki boshqalarga o'z g'oyalarini, nuqtaiy nazarini mohirlik bilan yetkazadi, harakatga ilhomlantiradi. Muvaffaqiyat kaliti shaxsiy maqsadga erishishdan ko'ra hissadorlik hissiga e'tibor qaratishdir. Bu paradoksal tuyulishi mumkin, ammo boshqa odamlarning xohish va ehtiyojlariga e'tibor qaratish, o'z manfaatlaringizga e'tibor qaratganingizdan ko'ra, ulardan ko'proq narsani o'rganishingizga yordam beradi.
5. Ochiq fikrda bo'ling
Yopiq fikr, ehtimol, yangi imkoniyatlar uchun eng ko'zga ko'ringan cheklovdir. Haqiqiy rahbarlar o'z qarashlarini o'zgartirish uchun emas, balki ularning nuqtai nazarini tushunish uchun boshqa fikrga ega bo'lganlarni bajonidil izlaydilar. Ajablanarlisi shundaki, ba'zi odamlar qarama-qarshi fikrni eshitishdan qanchalik qo'rqishadi, garchi bu ular uchun qiziqarli va foydali bo'lsa ham. Qarama-qarshi tomon bilan muloqotga kirishib, siz o'zingizni mustahkamlaysiz va rivojlantirasiz. Boshqa tomon bilan gaplashishga va ochiq fikr bilan boshqalardan o'rganishga tayyor bo'lish muhimdir.
6. Ko’p gapirmang va tinglang.
Ma'ruza yoki monologdan ko'ra mazmunli suhbat foydaliroqdir. Bilim olish uchun lablaringizni qarsak chalish emas, balki quloqlaringizdagi mumni tortib olish kerakligini tushunsangiz, muloqot san'atini egallashga yaqinlashasiz.