← Барча мақолалар

Hindistonda bir sayyoh fillar yonidan o'tib ketayotganda to'satdan to'xtab qoldi. U bu…

· 1 дақиқа ўқиш

Hindistonda bir sayyoh fillar yonidan o'tib ketayotganda to'satdan to'xtab qoldi. U bu bahaybat hayvonlar ustunga faqat ingichka ip bilan bog'langanidan hayratda qoldi. Zanjirlar yo'q. Fillar har qanday arqonni bemalol uzishi aniq edi, lekin negadir uzishmasdi.

Filbozdan - Nega ular o'zlarini ozod qilishga urinmayaptilar? - deb so'radi.

Filboz javob berdi: "Fillar hali juda yosh bo'lganida, biz ularni ingichka arqon bilan bog'laymiz, ular uni uzisholmaydi. Ular ulg'aygan sayin fillar bu ipni uzib bo'lmaydi, deb o'ylashda davom etadilar. Ular buni uza olmaydilar (chunki ular kichikligida buni qila olmaganlar), va allaqachon o'sib ulg'aygan va kuchliroq bo'lishganiga qaramay, ipnin uzishga harakat qilishmaydi.

Bu jonivorlar istalgan vaqtda o'zlarini ozod qilishlari mumkin edi, lekin ular o'z joylarida qolishdi.

Qancha odamlar faqat oldingi tor tajribalarga asoslanib, ular uchun biror narsa ish bermasligiga to'liq ishonch bilan yashaydilar.

Umid Hudoyberdiev

#тафаккур#мотивация#ибрат